Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantindagilar orasida koronavirus aniqlanganlar soni yana oshdi

Karantindagilar orasida koronavirus aniqlanganlar soni yana oshdi

2020 yil 18 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2779 (+17) nafarni tashkil qilmoqda. Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining barchasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Mamlakatimizda bugunning o‘zida 46 nafar bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga ko‘tarildi va yurtimizda 2293 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi. Ayni paytda qolgan 473 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring