Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin qoidalarini buzish holatlari 86 mingdan oshib ketdi

Karantin qoidalarini buzish holatlari 86 mingdan oshib ketdi

Foto:«Xabar.uz»

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 86 411 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Ular:

- Toshkent shahrida – 15 900 ta holat;

- Farg‘ona viloyatida – 13 847 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 12 845 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 7 526 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 5 818 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 5 488 ta holat;

- Andijon viloyatida – 4 914 ta holat;

- Namangan viloyatida – 4 780 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 3 391 ta holat;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 137 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 2 779 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 2 615 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 2 589 ta holat;

Navoiy viloyatida – 782 ta holatni tashkil etmoqda.

20-aprel kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Yergali R., Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi Sherali X.lar ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Xuddi  kuni Toshkent shahar, Shayhontoxur tumanida istiqomat. Nodir P., M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 1962 y.t. Farxod P.lar o‘z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring