Qoidabuzar YPX xodimlari jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan YPX xodimlariga tegishli chora ko‘rildi.
Ijtimoiy tarmoqda «Tico», «Nexia» va «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchilari transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Video Samarqand viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan YPX xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, qoidabuzarliklarni sodir etilishi vaqtida tegishli chora ko‘rilishini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma’lum qilamiz, deyiladi rasmiy munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter