Karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlar 22 mingtadan oshdi
Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 22 286 ta holat aniqlangan. Bu haqda ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Ular:
- Toshkent shahrida – 3 778 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 2 762 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 2 203 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 2 183 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 1 636 ta holat;
- Namangan viloyatida – 1 578 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 469 ta holat;
- Andijon viloyatida – 1 326 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 250 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 1 151 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 015 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 869 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 784 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 282 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Holatlar orasida jamoat joyida niqobsiz yurish, avtoulovda yo‘lovchi tashish, karantinda uydan chiqish kabi holatlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter