Muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatila boshlandi
Jizzax viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida «Homiylik hayriyalarini muvofiqlashtirish markazi» o‘z ishini boshladi.
Bunda karantin sabab ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, yolg‘iz qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Xayrli ishda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi volontyorlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Avvalo, markazning 1197 ishonch raqami orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdan boshlagan yoshlar endilikda oziq–ovqat mahsulotlarini qadoqlab, yordamga muhtoj oilalarga yetkazib berishda ham faol bo‘lishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter