Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dastlab koronavirus yashirilgan» — JSST Xitoyni sustkashlikda aybladi

«Dastlab koronavirus yashirilgan» — JSST Xitoyni sustkashlikda aybladi

Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mustaqil ekspertlar guruhi Xitoy hukumati koronavirus tarqalishini oldini olishda yetarlicha chora ko‘rmagan degan xulosaga kelgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, epidemiyaning global tarqalishiga dastlabki kunlarda u haqida oshkor etilmaganligi sabab bo‘lgan.

JSST mutaxassislari Xitoy «birinchi belgi kuzatilganidayoq choralar ko‘rish imkoni mavjud edi», degan xulosaga kelgan.

2019-yil 31-dekabrda Xitoy hukumati JSSTga Uxanda noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar bergan. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus edi.

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 95 million kasallikka chalinish holati qayd etilgan, 52 million kishi kasallikni yengishga muvoffaq bo‘lgan bo‘lsa, 2 milliondan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni vaqtda dunyoning ayrim davlatlarida kasallikning yangi shtammlari qayd etilgan bo‘lib, bir necha yirik davlatlar qayta karantin joriy etishga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, koronavirusga qarshi vaksina bilan qiziquvchi davlatlar soni ham ortib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring