JSST rahbari koronavirusdan o‘limlar soni ko‘payib borayotganidan xavotirda — raqamlar qo‘rqinchli

Koronavirus pandemiyasining so‘nggi bir yarim oyi davomida koronavirus va uning oqibatlaridan vafot etganlar soni ikki karradan ko‘proqqa oshgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyisusning ta’kidlashicha, shu qirq kundan ziyodoq vaqt davomida o‘lim holatlari 60 foizga ko‘paygan.
Media briefing on #COVID19 with @DrTedros https://t.co/anRo3rzaFu
— World Health Organization (WHO) (@WHO) December 11, 2020
Gebreyisusning aytishicha, jahonda COVID-19ni yuqtirganlar soni 66 million nafardan, virus qurbonlari soni 1,5 mln. nafardan oshgan.
Tashkilot rahbari sayyoramiz ahlini yaqinlashayotgan yangi yil bayrami kunlari tavsiya etilgan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi: «Bayram kimlar uchundir azaga aylanmasin».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter