JSST koronavirusning yota-shtammi xavfini baholadi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning yota varianti jiddiy kasallikka olib kelmaydi, dedi JSSTning shoshilinch kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
«Nyu-Yorkdan olingan dastlabki dalillar shuni ko‘rsatadiki, bu variant jiddiy kasallikka olib kelmaydi va infeksiyalarning yanada jiddiy tarqalishiga sabab bo‘lmaydi», — dedi u.
Ekspertning eslatishicha, birinchi marta «yota» varianti AQShda o‘tgan yilning noyabr oyida aniqlangan va shu yilning mart oyida qiziqish uyg‘otgan variant sifatida aniqlangan. JSSTda ushbu variantning 28 mingga yaqin to‘liq genom ketma-ketligi mavjud, ulardan 27 mingdan ortig‘i AQShga to‘g‘ri keladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlarda yota varianti bilan kasallanish hollari kamayib bormoqda, delta varianti hali ham mamlakatda keng tarqalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter