JSST koronavirusga qarshi kurashda asosiy maqsadni ma’lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (VOZ) koronavirusga qarshi kurashdan maqsadi 2022 yil sentyabrgacha har bir mamlakatda aholining 70 foizini emlashdir, dedi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
«OITS, Alsgeymer kasalligiga qarshi vaksina yo‘q va bu ro‘yxat juda uzoq. COVID bilan hamma narsa boshqacha. Pandemiya bizning nazoratimizda bo‘lishi mumkin. Bizda inson hayotini saqlab qolish uchun hamma narsa bor. Bizning maqsadimiz keyingi sentyabrga qadar har bir mamlakat aholisini 70 foizga emlash. Biz pandemiyani tugatishimiz mumkin. Sentabrga qadar aholining 70 foizini emlash maqsadiga erishish uchun 11 milliard vaksina kerak bo‘ladi. Bu shoshilinch choralarni talab qiladi. Ammo hozirda misli ko‘rilmagan inqiroz va bu keskin choralarni talab qiladi», dedi Gebreyesus.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter