Joriy haftada yana jazirama issiq boshlanishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» joriy haftada O‘zbekiston hududida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekistonda harorat 32-35 darajani tashkil qiladi, janubda 38 darajagacha isiydi.
Ertaga respublikamiz hududiga Turkmanistondan havo oqimi kirishni boshlaydi. Ob-havoning quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ko‘tariladi va iqlimiy me’yorlarga yetadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40 darajagacha yetadi. Bunday harorat ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
6-7-iyulda respublikada shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter