G7 davlatlari «omikron»ni katta tahdid deya atadi
Dunyoning eng qudratli davlatlarini o‘zida jamlagan G7 tashkiloti sog‘liqni saqlash vazirlari COVID-19ning «omikron» shtammini eng xavfli tahdid sifatida e’tirof etdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi saytida ma’lum qilingan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, «Katta yettilik» mamlakatlari vakillari virusning yangi varianti bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirishgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari omikron shtammi tarqalishiga qarshi kurashishda birgalikdagi ishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini, bu esa diagnostika, virus genomlari, vaksinalar va turli dori vositalarining ketma-ketligini tenglashtirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.
Avvalroq olimlar «omikron» va vabo tashuvchilari o‘rtasida bog‘liqlik bor, deya ta’kidlashgan edi.
Ularning fikriga ko‘ra, koronavirus inson hujayrasi membranasidagi ACE2 retseptorlari bilan bog‘lanish uchun tikanak-oqsillardan foydalanadi va shu tariqa o‘zi uchun hujayraga yo‘l ochadi. Boshqa organik birikmalardan farqli ravishda, «omikron» sichqonlar va kalamushlar ACE2 retseptorlariga ham bog‘lana olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter