Jahonda koronavirusga chalinishlar 15 foizga pasaydi — JSST
O‘tgan hafta jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 3,5 mln.ta holat kuzatildi, 78 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi. Oldingi haftaga solishtirilganda kasallanishlar soni 15 foizga, o‘lim holatlari 7 foizga kamaydi, bu haqda «EurAsia Daily» Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asoslanib xabar berdi.
24-maydan 30-maygacha 3 550 456 nafar kovid-bemor ro‘yxatga olingan, 78 667 nafar bemor vafot etgan.
«Worldometer»ga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri jami kasallanganlar soni 171 934 651 nafarga yetdi. Vafot etganlar — 3 575 699 nafar, sog‘ayib ketganlar — 154 415 076 nafar.
O‘tgan haftada kasallanishlar soni Afrika (22 foiz) va G‘arbiy Tinch okeani mintaqasida (6 foiz) o‘sdi. Yevropa (26 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (24 foiz), Shimoliy va Janubiy Amerikada (2 foiz) pasaydi.
Afrikada o‘lim holatlari soni ko‘paygan (11 foiz). Boshqa mintaqalarda pasayish: Sharqiy O‘rta yer dengizi (18 foiz), Yevropa (17 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (8 foiz), G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi (2 foiz), Shimoliy va Janubiy Amerika (1 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter