Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 147 milliondan oshdi

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 147 milliondan oshdi

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, 26-aprelga kelib, jahonda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni 147,812 mln. nafardan oshdi.

Kasallanganlar soni 10 milliondan oshgan mamlakatlar uchtani tashkil qilmoqda: AQSh (32,8 mln.), Hindiston (17,3 mln.), Braziliya (14,3 mln.).

Manba: «Worldometer»

Shuningdek, 22 mamlakatda virusni yuqtirganlar soni 1 milliondan oshgan.

Pandemiya boshlanganidan beri jahon bo‘yicha 3 mln. 123 ming 179 kishi kasallanish oqibatida vafot etgan.

Avval xabar berilganidek, eng og‘ir vaziyat Hindistonda kuzatilmoqda. Mamlakat hukumati tibbiyot kislorodi ishlab chiqaruvchi 551 ta stansiya qurishga qaror qilgan.

Hindistonda kunlik kasallanishlar soni tinmay o‘smoqda. 

Manba: «Worldometer»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring