Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShni asossiz ma’lumot tarqatishda aybladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShni asossiz ma’lumot tarqatishda aybladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar direktori Maykl Rayan AQShni asossiz ma’lumot tarqatishda aybladi. Uning ta’kidlashicha, koronavirusning kelib chiqishi haqida AQShdan hech qanday ma’lumot olmagan.

JSST hamon koronavirus tabiiy yo‘l bilan tarqalganini ta’kidlashda davom etmoqda. JSST xodimi Mariya Van Kerkxovening aytishicha, bu turdagi virus ko‘rshapalaklarda uchraydi.

Eslatib o‘tamiz, 3 may sanasida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalganini tasdiqlovchi dalillar borligini ta’kidlab o‘tgan edi. Ammo Pompeo ushbu virus ataylab yoki tasodifan tarqatilgani haqidagi savolga javob berishni istamadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring