Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada koronavirus qurbonlarining oilalari davlatdan katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda

Italiyada koronavirus qurbonlarining oilalari davlatdan katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda

Foto: «REUTERS / Guglielmo Mangiapane»

Italiyada koronavirusdan vafot etgan 500 ga yaqin odamning qarindoshlari rasmiylardan 100 million yevro miqdorida tovon puli talab qilmoqda, deya xabar berdi «Bergamo news» nashri.

Gazetaning yozishicha, COVID-19 qurbonlarining qarindoshlari Rimda bosh vazir Juzeppe Konte, sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speranza va Lombardiya prezidenti Attilio Fontanaga qarshi fuqarolik da’vosini taqdim etishadi.

Jarayon davomida qarindoshlar epidemiya paytida mintaqaviy va markaziy hokimiyat organlarining harakatlariga qarshi chiqishni rejalashtirmoqdalar. Xususan, ular epidemiyaga tayyor emaslikda hamda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishni kechiktirganlikda ayblanmoqda.

Tibbiyot mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Italiyada epidemik vaziyat asta-sekin yaxshilana boshlagan. Shunga qaramay, chorshanba holatiga ko‘ra, Apenninda yangi turdagi koronavirus virusini yuqtirganlar soni 1 million 900 mingdan oshdi, 69,842 kishi qurbon bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring