Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya va Portugaliyaning koronavirus qurbonlari o‘rtasidagi farq nega katta?

Ispaniya va Portugaliyaning koronavirus qurbonlari o‘rtasidagi farq nega katta?

Foto: «Mapsfinder.ru»

COVID-19 pnevmoniyasi tufayli o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri Ispaniya bilan chegaradosh bo‘lishiga qaramay Portugaliyada o‘lim ko‘rsatkichi unchalik yuqori emas. «Business Insider» nashri bu tafovutni tushuntirib berishdi.

Eng avvalo, Portugaliya vaziyat yomonlashgunga qadar chora ko‘rdi. Mamlakat 13-martdayoq qat’iy karantin joriy etdi: bu vaqtda 112 kishi koronavirusga chalingandi. Ispaniya esa 6 ming fuqarosi virusni yuqtirib olgan bo‘lishiga qaramay, bu ishni bir kun kech amalga oshirdi.

Jurnalistlarning fikricha, Portugaliyani geografik joylashuvi ham «qutqargan»: u birgina Ispaniya bilan chegaradosh. Lissabon infeksion shifoxonalarga tushganlarni qat’iy nazoratga oldi: alomatlari o‘rtacha darajada bo‘lganlarni uyda qoldirdi. Klinikalarda faqat ahvoli og‘ir bemorlar qolgani uchun ham sog‘liqni saqlash tizimiga unchalik katta yuklama tushmadi.

Boshqa sabablari: havosining nisbatan tozaligi, siyosatchilarning bahamjihat harakat qilishi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada 20 ming kishi koronavirusga chalingan; 735 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 610 kishi tuzalgan. Ispaniyada 200 ming kishi kasallikni yuqtirgan; 21,2 ming kishi vafot etgan, 77,3 ming kishi sog‘aygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring