Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi
Kuni kecha Avstraliyada iyun oyidan beri birinchi marta koronavirus bilan yangi kasallanish holati qayd etilmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xant ma’lum qilgan.
«9-iyundan beri ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatilmadi», — deb yozgan idora rahbari «Twitter»da. U mamlakat tibbiyot xodimlari va fuqarolariga minnatdorchilik bildirdi.
Avstraliyada jami 27 595 ta COVID-19 holati qayd etilgan, shundan 907 nafari hayotdan ko‘z yumgan, 25 336 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter