Indoneziyaga kirish uchun yangi talablar joriy etildi

Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli yangi talablarni joriy etdi. Unga ko‘ra mamlakatga keluvchi barcha odamlar sog‘ligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishi shart, deya xabar berdi mahalliy «Antara» agentligi.
Xabarga ko‘ra, ma’lumotnoma Indoneziya fuqarolaridan ham, boshqa davlat fuqarolaridan ham talab etiladi. Bunday ma’lumotnomani chiqib ketayotgan mamlakatdan olishi zarur. U ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak, amal qilish muddati berilgandan so‘ng yetti kunni tashkil etadi.
Bundan tashqari, barcha keluvchilar karantinga olinishi, shuningdek, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi qayd etilgan.
Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 17 ming nafardan oshib ketgan, mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter