Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda koronavirusni aniqlovchi test-tizimlar yetarlimi?

Hududlarda koronavirusni aniqlovchi test-tizimlar yetarlimi?

Illyustrativ foto

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassis hududlarda koronavirusni aniqlovchi test-tizimlar yetarli miqdorda mavjudmi degan savolga javob qaytardi.

— Hozirgi kunda respublikamizga yetarli miqdorda zamonaviy laborator asbob-uskunlar keltirilgan. Va bu jarayon davom etyapti. Ushbu analizatorlarda ishlash uchun mutaxasisslar tayyorlash jarayoni bir kun ham to‘xtamagan. Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari, viloyatlarda tumanlararo laboratoriyalar, Respublika SPIDga qarshi kurash markazi va uning hududiy filiallari, Respublika bo‘ylab COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolovchi klinikalar yetarli miqdorda test-tizimlar bilan ta’minlangan.

Maxsus komissiya tomonidan kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlovchi PZR, IFA va IXLA tahlillarini o‘tkazish huquqi berilgan, — deydi Habibulla Oqilov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring