Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining yangi partiyasi olib kelindi
O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 35 million 200 ming dozadan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 35 225 138 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
1 594 480 dozasi AstraZeneca;
25 933 818 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
720 500 dozasi «Sputnik V»;
3 000 060 dozasi Moderna;
2 000 280 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 25 101 646 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter