Har 53-yo‘lovchi — bemor

Kecha «Toshkent» xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan 3480 nafar yo‘lovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining matbuot xizmati.
Har 53 yo‘lovchiga bir kovid-bemor to‘g‘ri kelmoqda.
Xabarda eslatilishicha, 2022-yilning 15-yanvaridan mamlakatimizga kirib keluvchilar uchun xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va chegara punktlarida ekspress-antigen test topshirish tartibi joriy qilingan.
Ushbu amaliyot yangi shtamm keng tarqalishining oldini olish va kasallikni o‘z vaqtida hamda tezkor aniqlash imkonini bermoqda, deyiladi xabarda.
Bemorlar, kasallikning kechishiga ko‘ra, uy sharoitida va mehmonxonalarda davolanishga yo‘naltirilgan.
Ambulator sharoitida muolaja oladigan fuqarolarga aeroportning o‘zida 4 xil dori-darmon bepul berilyapti, deyiladi SEOJSX matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter