Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamshira koronavirusdan vafot etgan insonning so‘nggi daqiqalari haqida so‘zlab berdi

Hamshira koronavirusdan vafot etgan insonning so‘nggi daqiqalari haqida so‘zlab berdi

Foto: «bbc.com»

«BBC News» jurnalisti Londondagi shifoxonalardan birining reanimatsiya bo‘limida yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan ahvoli og‘ir bemorlar bilan ishlaydigan hamshira bilan suhbatlashdi.

O‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulangan bemorning ahvoli yaxshilanavermagach, shifokorlar uni qutqarishning iloji yo‘q degan qarorga kelishadi. Ba’zan ana shunday apparatni o‘chirib qo‘yish 42 yoshli hamshira Xuanita Nittlaning chekiga tushadi.

Xuanita ana shunday voqealardan biri haqida gapirib berdi. U o‘lim to‘shagida yotgan bemorning katta qiziga qo‘ng‘iroq qilib, unga shifokorlarning xulosasini ma’lum qilgan.

«Onasi qiynalmayotgani va xotirjam ekanligiga uni ishontirdim, — deb eslaydi hamshira. — Onasining istaklari va diniy talablari haqida so‘radim».

Shundan keyin Xuanita tibbiy monitordagi tovushli signallarni o‘chirib, koyka atrofidagi pardani tortib qo‘ygan. Qiziga onasi bilan xayrlashish uchun bir necha daqiqa qolganini aytib, bemorning qulog‘iga telefonni tutgan. So‘ngra hamshira jon berayotgan ayolning qo‘lidan ushlab, o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatni o‘chirgan. Besh daqiqadan so‘ng bemor hushiga kelmasdan vafot etgan.

«Dahshatli tushlar ko‘raman, — dedi hamshira. — Uxlay omlayman. Men ham yuqtirib olishimdan qo‘rqaman. Hamma qo‘rqadi».

O‘tgan yili uning sil bilan kasallangani vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu koronavirus infeksiyasini yuqtirganda halok bo‘lish xavfini oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring