Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonlik fuqaro koronavirusga chalinib vafot etdi

Gulistonlik fuqaro koronavirusga chalinib vafot etdi

Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, 12-iyul kuni o‘tkir nafas yetishmovchiligi hisobiga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring