Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan himoyalaydimi?

Grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan himoyalaydimi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bosh mutaxassisi Dilorom Tursunova bilan suhbat qildi.

— Aytishlaricha, grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan ham himoya qilarkan...

— Gripp o‘z vaqtida samarali davolanmasa, organizmda asoratlar qoldirishi mumkin. Pnevmoniya — grippning eng kuchli salbiy ta’sirlaridan biri hisoblanadi. Grippga qarshi emlanganlar bevosita pnevmoniyadan ham himoyalangan bo‘ladi.

Vaksina olganlar grippga 100 foiz chalinmaydi, deb hech kim kafolat bermaydi. Ammo grippga qarshi vaksina yo‘riqnomasida 98 foiz himoya qilishi ko‘rsatilgan.

— Grippga qarshi vaksinani qayerdan olish mumkin va qayerda ishlab chiqarilgan vaksinalarni tanlagan ma’qul?

— Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Negaki, chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi  Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi. Maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holatda emlanish mumkin.

Yurtimizga turli davlatlarda ishlab chiqilgan vaksinalar olib kelinadi. Samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar Niderlandiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.

— Vaksinadan keyin qancha vaqtda organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?

— Hamma vaksinalar kabi mavsumiy grippga qarshi vaksina ham organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta’sir kuchi 1 yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinasiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya’ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta’sirchanlik darajasi ham tekshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring