Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 25 mingdan oshdi. Ularning ko‘pchiligi qariyalar uyida vafot etgan
Fransiyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 25 ming kishidan oshdi, bir kecha-kunduzda 306 kishi vafot etdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yakshanba kuni 24895 kishi hayotdan ko‘z yumganligi ma’lum qilingandi.
«1-martdan beri COVID-19 dan vafot etgan 25201 kishiga motam tutdik», — deyiladi bayonnomada.
«RIA Novosti»ning yozishicha, 15826 kishi shifoxonada, 9375 kishi qariyalar uyida vafot etgan.
Shifoxonalarda 25,5 ming kishi davolanmoqda, o‘tgan 24 soat ichida 689 nafar yangi bemor shifoxonaga joylashtirildi. Koronavirusga chalingan 3696 kishi reanimatsiyada. O‘tgan bir kecha-kunduzda reanimatsiyaga 84 kishi tushdi. Shunga qaramay, reanimatsiyadagi bemorlar soni kamayishda davom etmoqda.
Butun epidemiya davomida 93,3 ming kishi shifoxonaga tushgan. Uy sharoitida sog‘ayganlarni hisobga olmaganda 51 mingdan ortiq kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter