Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foydasidan zarari oshib ketishi mumkin! Yapon shifokorlari jaziramada niqob taqish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqishdi

Foydasidan zarari oshib ketishi mumkin! Yapon shifokorlari jaziramada niqob taqish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqishdi

Foto: «Xabar.uz»

Yapon shifokorlari yoz jaziramasida tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalanishga chaqirishmoqda — aks holda zararga ishlashi mumkin.

Ba’zida tibbiy niqobni taqmagandan ko‘ra taqish xavfliroq. Yaponiyalik shifokorlarga ko‘ra, jazirama issiqda nafas yo‘llarini himoyalovchi niqoblarni taqib yurganda issiq urishi mumkin ekan.

Yaponiya shoshilinch tibbiyot uyushmasi bir guruh mustaqil vrachlar bilan birgalikda yoz fasli uchun tavsiyalar ishlab chiqdi. Ularning fikricha, jazirama issiqda oraliq masofani chamalagan holda, niqobni tushirib qo‘yib, erkin nafas olib ham turish kerak. Mutaxassislar yetarlicha miqdorda suv ichib yurishni ham maslahat berishyapti. Xona harorati keskin yuqorilab ketganida, pardalarni ochib, yelvizak aylanishiga yo‘l qo‘yib berish lozim.

Yoshi ulug‘ insonlarga alohida e’tiborli bo‘lish talab qilinadi. Ko‘p vaqtini dim va nafas siqiladigan o‘z uylarida o‘tkazadigan bu insonlarni issiq urishi xavfi eng yuqori.

Issiq urishidan shuning uchun ham ehtiyot bo‘lish kerakki, tana harorati ko‘tarilib ketsa, bu issiq urishimi yoki koronavirusmi — ajratib olish juda qiyin bo‘ladi.


Mavzuga oid: Oftob urishidan ehtiyot bo‘ling! Birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? (infografika)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring