Fotima koronavirusdan davolanish muddati bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Britaniyalik shifokorlar koronavirusning og‘ir shakliga yo‘liqqan 35 yoshli Fotima Bridlga, kasalxonadagi 141 kunlik davolanishdan so‘ng, uyiga javob berishdi.
Marokashdan qaytishi bilan kasallika chalingan Fotima Southampton General Hospital shifoxonasiga yotqizilgan edi.
Bridlda kasallik og‘ir edi: o‘pkasi ishlamay qolayotgani uchun uzoq vaqt jonlantirish bo‘limida yotdi, jumladan, bir yarim oyni o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulangan holda sun’iy komada o‘tkazdi.
Shifokorlar O‘SV qurilmasiga ulangan Fotimaning yashash imkoniyatini 40 foizga baholashgan, eng yomoni, komada o‘tgan har bir kun uning imkoniyatlarini pasaytirardi. Shunga qaramasdan, u koronavirusni yengib o‘ta oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter