Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiyada COVID-19ning yangi shtammi aniqlandi — Fin-796H

Finlyandiyada COVID-19ning yangi shtammi aniqlandi — Fin-796H

Foto: EPA

Xelsinki (Finlyandiya)da koronavirusning oldingi shtammlaridan tubdan farq qiluvchi yangi turi aniqlandi. Vita Laboratoriot Oy maxsus laboratoriyasi ma’lum qilishicha, yangi mutatsiyani JSST tasdiqlagan PSR-testlarning birontasi topa olmaydi.

Yangi mutatsiya Janubiy Finlyandiyadagi koronavirus namunasi tarkibida bo‘lgan. Uning ayrim jihatlari britan va janubiy afrika shtammlariga o‘xshash — ushbu mutatsiyaga Fin-796H nomi berildi.

Yangi shtammni aniqlashda ishtirok etgan Xelsinki biotexnologiya universiteti mutaxassislariga ko‘ra, Fin-796H epidemiyaning kelgusida jahonda tarqashiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring