Farg‘onadan xabarlar: kecha boshqa gap chiqqandi, bugun boshqacha...
![Farg‘onadan xabarlar: kecha boshqa gap chiqqandi, bugun boshqacha...](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1713888825.jpg)
Kecha Farg‘onaga koronavirus infeksiyasini tezkor aniqlovchi 4 ming dona ekspress-test olib kelingani xabari berilgandi.
Bor-yo‘g‘i 5-10 daqiqada kasallik bor-yo‘qligini aniqlab beruvchi mazkur test Janubiy Koreyadan keltirgani, ayni paytda undan chegara-nazorat o‘tkazish maskanlari, yirik tashkilot va korxonalarda foydalanish boshlab yuborilgani alohida ta’kid etilayotgandi. (Bugun mamlakatimizga suv va havodek zarur bo‘lgan bunday ekspress-testlarning Farg‘ona keltirilishi viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning Janubiy Koreyaga safarining ijobiy hosilasi mazmunidagi gaplar ham yo‘q emas)
Bugun ayni mavzuda boshqacha xabarlar taqaldi. Ya’nikim, «Fayzbog‘» telegram kanaliga ko‘ra, o‘sha testlar... majburan sotilmoqda?!
Aytilishicha, viloyatdagi hamma tashkilot testning donasini 200 ming so‘mdan (xodimlari soniga qarab) majburiy sotib olishi og‘zaki ravishda shart qilib qo‘yilibdi! Markaziy bank (markaziy bank viloyat boshqarmasi shekilli) rahbarining topshirig‘i shunda ekan. «Bunday topshiriqlar, har doimgidek, rasmiy emas, og‘zaki berildi. Suvdan quruq chiqishni o‘ylashsa kerak», deyiladi xabarda.
Viloyat hokimligi tarqalgan xabarlarga hali rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter