Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaga lokdaunlar qaytmoqda. Niderlandiya boshlab berdi

Yevropaga lokdaunlar qaytmoqda. Niderlandiya boshlab berdi

Foto: «Financial Times»

Niderlandiya koronavirusning yangi shtammi («omikron») bois Yevropa mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib to‘laqonli lokdaun (karantin) joriy etdi, deyiladi «Financial Times» xabarida.

Bugun, 19-dekabrdan kuchga kirgan cheklov kamida 2022-yilning 14-yanvariga qadar amal qiladi. Bu vaqt ichida mamlakatdagi barcha restoranlar, nooziq-ovqat do‘konlari, kinoteatrlar, trenajyor zallari ishlamaydi.

Mehmon chaqirishga ham cheklov qo‘yilgan: Yangi yil kechasi to‘rt nafargacha, qolgan kunlari ikki kishini uyga taklif qilish mumkin.

Bu 2020-yildan beri kuchga kirgan eng qattiq cheklov, deb yozmoqda FT.

Niderlandiya sog‘liqni saqlash vazirligi yil oxiriga qadar «omikron» koronavirusning dominant shtammiga aylanadi, deya baholadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring