Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi koronavirusdan xoli yagona mamlakat chegaralarini yopdi

Yevropadagi koronavirusdan xoli yagona mamlakat chegaralarini yopdi

Foto: «Zametki-turista.com»

Chernogoriya o‘z chegaralarini chet elliklar uchun 15 kunga yopdi.

Chernogoriya Yevropadagi koronavirus kirib bormagan yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda. O‘z navbatida, hukumat infeksiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirmoqda.

Xususan, koronavirus pandemiyasining oldini olish uchun mamlakatdagi barcha mehmonxonalar va restoranlar yopilmoqda, hatto do‘konlardagi xaridorlar soni ham cheklanyapti.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 ni pandemiya deb e’lon qilgandi. Jon Hopkins universiteti bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra (17-mart tongi holatiga), jahonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 182 406, kasallikdan vafot etganlar 7 154, tuzalib ketganlar 79 433 nafarni tashkil etgan. Koronavirus 155 mamlakatda aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring