Yevropada xavf ortmoqda. Polsha prezidenti ham kasallandi
Polsha prezidenti Andjey Dudaga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yildi, dedi davlat rahbarining matbuot kotibi Blajey Spixalskiy.
«Kecha prezident Andjey Duda koronavirusga test topshirdi. Natija musbat», – deb yozgan Spichalskiy tvitter sahifasida.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Dudaning so‘nggi xorijiy tashrifi 11-13 oktyabr kunlari Ukrainaga bo‘lgan edi. U, xususan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi.
Avvalroq, koronavirus yuqtirgan bemor bilan muloqotda bo‘lgani uchun mamlakat bosh vaziri karantinga olingandi. Shuningdek, tashqi ishlar vaziri va bosh vazir o‘rinbosari ham karantinda o‘tiribdi.
Polshada koronavirus infeksiyasi va o‘lim sonining keskin o‘sishi kuzatilmoqda. O‘tgan sutkada yana kunlik rekord qayd etildi – 13 632 ta holat. Payshanba kuni esa rekord ko‘rsatkichda – 168 kishi vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter