Yevropada birinchi bo‘lib koronavirusni yenggan mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi
San-Marino Yevropada koronavirusni yenggan birinchi mamlakat bo‘ldi. Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan foydalanish infeksiya darajasini nolga tushirish imkonini berdi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasiga (RDIF) asoslanib TASS xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat vaksinatsiya bo‘yicha Yevropada eng muvaffaqiyatli kampaniyani amalga oshirdi.
«3-9 may kunlari yetti kun davomida mamlakatda bir million aholiga nisbatan o‘rtacha kunlik kasallanish Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda 40 baravar past ekanligi qayd etildi», — deya ma’lum qildi manba.
4-maydan beri San-Marinoda COVID-19 yuqtirish holati qayd etilmagan. O‘lim ham kuzatilmadi. Mamlakatda pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi, iqtisodiy tiklanish va normal hayotga qaytish tezlashdi.
Tashkilot San-Marinoga vaksina turizmini tashkil etish uchun mamlakatdagi muvaffaqiyatli emlash natijalari asosida qo‘shimcha vaksina partiyalarini yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumki, 16 yoshdan oshgan aholining 74 foizi mamlakatda koronavirusga qarshi yemlashning birinchi bosqichidan o‘tgan. 90 foiz hollarda bemorlarga Rossiya preparati qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter