Yetti oyda birinchi marta: koronavirusdan o‘lim holatlari kamaydi

Jahonda koronavirusdan o‘lim holatlari so‘nggi yetti oydagi minimumga tushdi, bu haqda «Worldometers» ma’lumotlari dalolat beradi.
26 iyun kuni kovid va uning oqibatlaridan 5960 nafar bemor vafot etgan — bu noyabr oyidan beri eng past ko‘rsatkich. Shu kuni dunyo bo‘yicha 309 179 kishida koronavirus aniqlangan.
Eng ko‘p o‘lim holatlari:
- AQSh — 619 424
- Braziliya — 513 544
- Hindiston — 396 761
- Meksika — 232 564
- Peru — 191 899.
Pandemiya davrida COVID-19ga chalinganlar soni jahonda salkam 182 million nafarga yetdi. Qurbonlar soni 4 millionga yaqinlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter