Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya qattiq karantinga qaytmoqda: britancha shtammni jilovlab bo‘lmayapti

Estoniya qattiq karantinga qaytmoqda: britancha shtammni jilovlab bo‘lmayapti

Foto: «Adobestock»

Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas 11-martdan mamlakatda qattiq karantin kuchga kirishini ma’lum qildi. Boltiqbo‘yi mamlakatida britancha shtamm tarqalishi kuchaygan.

«Interfaks» ma’lumotiga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarini bosh vazir o‘ta tashvishli, deya baholadi. Aniqlanayotgan koronavirus holatlarining 98 foizi britancha mutatsiya bo‘lib chiqmoqda. Bundan tashvishga tushgan tibbiyot mutasaddilari hukumatdan kamida bir oylik lokdaun joriy etishni so‘rashdi.

11-martdan Estoniyadagi barcha ta’lim muassasalari masofadan o‘qitishga o‘tadi, kundalik ehtiyojdan tashqari buyumlar bilan savdo qiluvchi do‘konlarning hammasi yopiladi. Kafe va restoranlar eshiklariga qulf solinadi, fuqarolarning harakatlanishi cheklanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davrida koronavirus bilan kasallanganlar jami soni Estoniyada 76 ming nafardan oshdi. Qurbonlar soni 650 nafardan ko‘p. 1—7-mart oralig‘ida yangi kasallanish holatlari soni 9,4 mingtadan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring