Eronda galdagi antirekord: koronavirusni yuqtirish holati nega keskin ko‘paydi?

Eronda koronavirus tufayli 133 kishi vafot etgandan so‘ng COVID-19 qurbonlari soni 10 ming kishiga yaqinlashib qoldi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari.
U «IRINN» telekanali orqali o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus bilan bog‘liq 2531 ta yangi holat qayd etilgani, 133 kishi hayotdan ko‘z yumgani, bu o‘tgan 2,5 oy uchun antirekord hisoblanishini ma’lum qildi (oxirgi marta bunday ko‘rsatkich 7-aprel kuni kuzatilgandi).
Hukumat 19-fevralda COVID-19 haqida ilk bor ma’lum qilgandan buyon zararlanganlar soni jami 212 501, vafot etganlar soni 9996, tuzalganlar soni 172 096 kishiga yetgan.
Eronda bir kunni hisobga olmaganda ikki haftadan beri har kuni 100 dan ortiq kishi vafot etmoqda: 14-iyunda Eronda ikki oydan ortiq vaqt davomida ilk bor 100 dan ortiq kishi koronavirus qurboniga aylandi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta 13-aprelda qayd etilgandi. Iyun boshlarida Eronda cheklov qoidalari yengillashtirilganidan so‘ng kasallikka chalinishlar soni sezilarli darajada ko‘paydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter