Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘an Turkiya tez orada koronavirus inqirozidan chiqishini aytdi

Erdog‘an Turkiya tez orada koronavirus inqirozidan chiqishini aytdi

Foto: «Izvestiya»

Turkiya koronavirus keltirib chiqargan inqirozdan chiqish bo‘sag‘asida turibdi. Bu haqda bugun, 5-may kuni mamlakatdagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ma’lum qildi, deb yozmoqda «Izvestiya».

«Turkiya koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, aksariyat rivojlangan mamlakatlarga qaraganda, muvaffaqiyatli qadamlar tashladi. Turkiya pandemiya yetkazgan zararni qisqa muddatlarda bartaraf etib, iqtisodiy sohada yangi olg‘a qadamlar tashlashi shart», — «Anadolu» agentligi prezidentdan ana shunday iqtibos keltirmoqda.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja Turkiya koronavirus infeksiyasi yuqori cho‘qqisini bosib o‘tayotganini 29-aprel kuni ma’lum qilib, Yevropada koronavirusdan eng past o‘lim ko‘rsatkichi Turkiyada ekanini ta’kidlagandi.

Turkiya — koronavirus eng ko‘p aniqlangan 8-mamlakat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring