Epidemiolog pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqinida kimlar qurbon bo‘lishini aytdi
Gretsiya Milliy emlash qo‘mitasi raisi Mariya Teodoridu koronavirus pandemiyasining to‘rtinchi to‘lqini qurbonlarini ma’lum qildi. Epidemiologning fikriga ko‘ra, agar to‘lqin respublikaga yetib borgudek bo‘lsa, u faqat emlanmagan fuqarolarga ta’sir ko‘rsatadi. «RIA Novosti» Teodoriduning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
«Bugungi kunda Birlashgan Qirollikda tarqalgan «delta» mutatsiyasining tarqalishi kuchayib, qo‘shni mamlakatlarga o‘tishi va to‘rtinchi to‘lqinni chaqirishi xavotirga solmoqda», — dedi Emlash qo‘mitasi raisi.
Uning fikricha, shifoxonaga yotqizish va o‘lim holatlari nuqtai nazaridan ushbu to‘lqinning jadalligi mo‘’tadilroq bo‘ladi.
Teodoridu so‘zlariga ko‘ra, hind shtammi Gretsiya hukumatini hozircha tashvishga solayotgani yo‘q, biroq hushyorlikni yo‘qotgani yo‘q.
«Turizm va ochiq chegaralar orqali ushbu mutatsiya mamlakatimizga ham kirib kelishi kutilmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter