Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi
N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusning alomatsiz turi va uning asosiy xavflaridan birini izohlab berdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, virusning «makkorligi» shundaki, COVID-19 tashuvchisida ikki hafta davomida hech qanday alomat yuzaga chiqmasligi mumkin.
«Shu bois shuncha vaqt davomida koronavirusni yuqtirgan odam kasallik alomatlarisiz yashirin xavf-xatar hisoblanishi va u atrofdagilar uchun kasallikni yuqtirish manbaiga aylanishi mumkin», — dedi Ginsburg «REN TV» telekanaliga bergan intervyusida.
Epidemiolog kasallik tashuvchilarini vaqtida aniqlash va ularni izolyasiya qilish nihoyatda muhimligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter