Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Epidemik holat yaxshilandi: Xitoyning Xubeyidan 3,7 ming nafar tibbiyot xodimi olib chiqib ketildi

Epidemik holat yaxshilandi: Xitoyning Xubeyidan 3,7 ming nafar tibbiyot xodimi olib chiqib ketildi

Foto: «Mk.ru»

Xitoyning Xubey provinsiyasidan 3,7 ming nafar tibbiyot xodimi chaqirib olindi. Chunki hududda epidemik holat yaxshilandi, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi.

Koronavirus eng ko‘p tarqagan Xubeyga yordam berish uchun Xitoyning boshqa hududlaridan bu yerga 3,7 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgandi. Endi ularga ish qolmadi, chunki Xubeyda vaziyat ancha yaxshilangan.

Xubeyga jami hisoblaganda 41 ta otryad tarkibidagi shifokorlar va sanitarlar jalb etilib, ular Uxan shahridagi 14 ta vaqtinchalik tibbiyot markazi va yettita statsionar shifoxonada faoliyat olib borishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring