DXA xodimi koronavirusdan vafot etdi
Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda agentlikning rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
«Davlat xizmatlari agentligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Dehqonov Adhamjon Tojiboyevichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi», — deyilgan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu xabarni hali rasman tasdiqlagani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter