Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 85 milliondan oshdi
![Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 85 milliondan oshdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3972844387.jpg)
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlarning soni 85 million kishidan oshdi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti federal va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari hamda boshqa ochiq manbalar ma’lumotlarini umumlashtirgan holda.
Universitetning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 85,098,528 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 1,8 milliondan ortiq bemor vafot etdi va 48 millionga yaqin odam sog‘aydi.
Dunyoda COVID-19 holati eng ko‘p AQSh (20,6 mln), Hindiston (10,3 mln), Braziliya (7,7 mln), Rossiya (3,2 mln) va Fransiyada (2,7 mln) qayd etildi.
2020-yil 11-martd kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter