Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshdi
Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1 millionga yetdi. Bu haqda BNO News axborot agentligi xabar berib o‘tgan.
Kechagi holatga ko‘ra bemorlardan 52 026 nafari vafot etgan. 206,2 ming kishi esa tuzalib ketgan. 742 ming atrofida bemorlar davolanish jarayonida bo‘lib turibdi.
Koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan davlat AQSh bo‘lib turibdi. Mamlakatda 233,8 ming kishi kasallikka chalingan. Italiyada 115 ming bemor bo‘lsa, ulardan 13,9 ming nafari vafot etgan. Bu esa umumiy ko‘lamning 12 foizini tashil etmoqda.
Yevropaning boshqa davlatlarida o‘n minglab kasallanganlar qayd etilgan. Ispaniya 110 ming bemor bilan Xitoyni ortda qoldirdi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra Xitoyda kasallik ortishini kamaytirishga muvaffaq bo‘lingan. Oxirgi sutkada u yerda faqat 90 ta kasallanish holati aniqlangan holos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter