Dunyoda har yuzinchi odam koronavirusga chalingan
Sayyoramizdagi har yuzinchi kishi koronavirusga chalingan. Bu haqda 23-dekabr kuni hukumat, ekspertlar va OAV ma’lumotlariga asoslanib «TASS» xabar berdi.
Dunyoda yangi koronavirusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 77,95 milliondan oshdi. Shu tariqa, kasallanganlarning ulushi dunyo aholisining bir foizidan ko‘payib ketdi. BMT Aholishunoslik jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzi aholi soni 7,795 milliardga yetgan.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 78,475,152 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda (18,68 million), undan keyin Hindiston (10,09 million), Braziliya (7,32 million) va Rossiya (2,93 million) turadi. Fransiya 2,49 million koronavirus holati bilan kuchli beshlikka yakun yasab beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter