Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi

Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi

Foto:«RT»

Daniyada AstraZeneca va Oksford universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan vaksina bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Daniya sog‘liqni saqlash va dorilar bo‘yicha boshqarmasi bayonotida xabar qilindi.

Emlashga qo‘yilgan ta’qiqlarga, vaksina qabul qilgan kishilarda qon quyuqlashish holati yuz berganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu kabi xabarlardan birida emlangan fuqaro vafot etgani aytilgan edi.

Hozircha vaksina va qon quyuqlashishi holatlari orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi aniq emas. Emlash 14 kunga to‘xtatilgan bo‘lib, shungacha muammolar atroflicha o‘rganilishi ta’kidlangan.

Boshqarma bayonotida qon quyuqlashishi bilan bog‘liq holatlar qayerda va qancha miqdorda sodir bo‘lganligi haqida aytilmagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring