COVID-19ni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentyabrdagi 582-son Qarori bilan o‘zgartirish kiritilib, ro‘yxatga:
➖ Gripp vaksinasi (O‘RVI),
➖ Koronavirus vaksinasi (COVID-19),
➖ Pnevmokokk vaksinasi,
➖ Bariya sulfat (Barii sulfas),
➖ Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat,
➖ Sefepim + tazobaktam,
➖ Nitroglitserin qo‘shildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter