Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19. Ispaniyalik shifokorlar eshak terapiyasidan foydalanmoqda

COVID-19. Ispaniyalik shifokorlar eshak terapiyasidan foydalanmoqda

Foto: MTRK «MIR»/Igor Medvedev

Ispaniyada notijorat tashkilotlar koronavirusga qarshi kurashaverib holdan toygan mahalliy shifokorlarga eshaklar yordamida bepul terapiya seanslarini taklif etmoqda. Bu haqda AFP agentligi xabar bergan.

«Bemorlar kun sayin ortib bormoqda, hamkasblar o‘rtasida ham, shaharda ham keskinlik kuchaymoqda. Bu jonivorlarning yonida bo‘lish menga juda yordam beryapti», — dedi bahorda Madrid shifoxonasida ikki oy ishlagan 25 yoshli hamshira Monika Morales.

Bunday uchrashuv jonivor terapiyasi deb ataladi. Ular ayrim ruhiy va jismoniy kasalliklarda, jumladan, stress va depressiyada yordam beradi. Odatda bunday terapiyada otlardan foydalanishardi, biroq mutaxassislarning aytishicha, davolash uchun eshaklar ko‘proq qo‘l kelarkan. Zoologlar ushbu jufttuyuqlilarning yumshoq tabiati va shaxsiy makonga bo‘lgan hurmatini alohida e’tirof etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring