Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 besh yildan so‘ng: viruslar ham yashashni istaydi...

COVID-19 besh yildan so‘ng: viruslar ham yashashni istaydi...

Foto: «Siemens Healthineers»

Viruslar tinmay mutatsiyaga uchraydi, koronavirus (SARS-CoV-2) ham istisno emas. Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan yangi shtamm xususiyatlarini o‘rganish yana besh-yetti yildan keyingi kovid haqida birmuncha tasavvur beradi.

Infeksionist Yevgeniy Timakovning fikricha, kelgusida virusning odamdan odamga yuqishi kuchayadi, kasallikning kechishi esa yengillashib, asoratlari kamayadi. Koronavirus (SARS-CoV-2) mutatsiyasi boshqa aksariyat viruslarniki kabi yaqqon namoyon bo‘layotgani yo‘q, deydi rossiyalik mutaxassis.

Britan shtammi oldingi koronavirusnikidan 70 foizga yuqumliroq. Biroq og‘ir holatlarga sabab bo‘layotgani, o‘limlar sonini ko‘paytirgani haqida dalillar yo‘q.

Virus uchun eng muhimi — o‘z xo‘jayinini o‘ldirish emas, balki yashash. Aynan shuning uchun ham yuquvchanligi oshib, o‘limkorligi pasayib boraveradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring