«COVID-19» bemorlari kasallik darajasiga ko‘ra qaysi shifoxonalarga yo‘naltiriladi?
Ushbu savolga ham «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar»ning oltinchi nashrida javob berildi.
Unga ko‘ra, bemorda isitma 3 kun davomida 38,5℃ dan yuqori bo‘lmagan, yo‘tal, mushak og‘rig‘i hamda terlash kuzatilgan yengil darajadagi bemorlar «COVID-19»ni davolashga ixtisoslashgan tegishli oilaviy poliklinikalarga yo‘naltiriladi.
Unga uy sharoitida nafas olish gimnastikasi, kerakli dori vositalari va boshqa muolajalar tavsiya etiladi.
SSVga ko‘ra, isitmasi 3-5 kun davomida 38,5℃ dan yuqori va yurak urishi daqiqasiga 90-100 marta bo‘lgan o‘rta og‘ir darajadagi bemorlar bo‘yicha «COVID-19»ni davolashga ixtisoslashgan oilaviy poliklinikalarga murojaat qilinadi yoki ular holatiga ko‘ra, yashash hududidagi saralash va taqsimlash markaziga yotqiziladi.
Nafas olishi qiyinlashgan yoki o‘tkir nafas yetishmovchilik sindromi kuzatilgan ahvoli og‘ir darajadagi bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yotqiziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter