Chilida qariyb 300 nafar shifokor koronavirusga chalindi
Lotin Amerikada koronavirus tarqalishi bo‘yicha Braziliyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turgan Chilida qariyb 300 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi, deb xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xayme Manyalich.
«Hozirgi kunda 286 nafar sog‘liqni saqlash xodimi COVID-19 bilan kasallangan», — deydi u «Twitter»da.
Vazirning ta’kidlashicha, bugun soat 21:00 (5:00) da shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi, aholi ularni qarsak chalib olqishlashadi.
Chilida 5 115 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 43 nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter